If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Dars xulosasi: suv va hayot

Asosiy atamalar

AtamaMazmuni
Qutbli molekulaQisman musbat va qisman manfiy qismlar boʻlishini taʼminlovchi asimmetrik ichki zaryad taqsimotiga ega boʻlgan neytral yoki zaryadlanmagan molekula.
KogeziyaMuayyan turdagi molekulalar orasidagi oʻzaro tortishish
AdgeziyaHar xil turdagi molekulalar orasidagi oʻzaro tortishish
ZichlikModdaning birlik hajmiga toʻgʻri keladigan massasi
Solishtirma issiqlik sigʻimiBir gramm modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori
Bugʻlanish issiqligiBir gramm suyuqlik massa birligini turgʻun haroratda gaz holatiga oʻtishi uchun zarur energiya miqdori

Suvning oʻziga xos xossalari

Bir dona suv molekulasining diagrammasi (H2O)
  1. Suv qutblidir. Suv molekulalari qutbli, vodorodlar qisman musbat, kislorodlar esa qisman manfiy zaryadga ega boʻlib, egilgan umumiy strukturaga ega. Buning sababi shundaki, kislorod koʻproq elektromanfiy, yaʼni elektronni jalb qilishda vodoroddan ustunroqdir.
  2. Suv eng yaxshi erituvchi. Suv koʻpgina qutbli va ionli moddalarni eritib yuboruvchi noyob xossaga ega. Bu barcha tirik mavjudotlar uchun juda muhimdir, chunki suv aylanish jarayonida oʻzi bilan birga koʻpgina kerakli oziq moddalarni ham tashiydi!
  3. Suv yuqori issiqlik sigʻimiga ega. Muayyan miqdordagi suvning haroratini bir darajaga koʻtarish uchun juda koʻp energiya talab etiladi, shuning uchun suv atrof-muhit haroratini tartibga solishda yordam beradi. Masalan, bu xususiyat atmosferadagi oʻzgaruvchan haroratga qaramasdan hovuzdagi suvning harorati kundan tungacha nisbatan barqaror turishiga imkon beradi.
  4. Suv yuqori bugʻlanish issiqligiga ega. Odamlar (va terlaydigan boshqa hayvonlar) sovitish uchun suvdagi yuqori bugʻlanish issiqligidan foydalanadi. Bugʻlanish issiqligiga erishganda suv suyuq shakldan bugʻ shakliga oʻtadi. Ter asosan suvdan iborat boʻlgani sababli bugʻlanadigan suv tanadagi ortiqcha issiqlikni oʻzlashtiradi va u atmosferaga chiqariladi. Bu sovituvchi bugʻlanish deb nomlanadi.
  5. Suv kogeziv va adgeziv xususiyatlarga ega. Suv molekulalari bir-biri bilan vodorod aloqalarini hosil qilish qobiliyati tufayli kuchli kogeziv (biriktiruvchi) kuchlarga ega. Kogeziv kuchlar uchun suyuqlik yuzasi zoʻriqish yoki stress ostida qolganda uning yorilishga qarshi xizmat qiluvchi sirt tarangligiga moyillik uchun javobgardir. Suv, shuningdek, oʻzidan boshqa moddalarga ham yopishib olishga imkon beruvchi adgeziv (yopishish) xossalarga ham ega.
    Ushbu kogeziv va adgeziv xossalar hayotning koʻp shakllarida suyuqlikni tashish uchun zarurdir. Masalan, ular ozuqa moddalarini daraxtning tepasiga tortishish kuchiga qarshi tashishga imkon beradi.
  6. Suv qattiq holatga qaraganda suyuq holatda zichroqdir. Suv muzlashi natijasida molekulalar kristall tuzilishga oʻtib, natijada molekulalar orasini suyuq holatdagidan koʻra koʻproq uzoqlashtiradi. Bu shuni anglatadiki, muzning zichligi suvga nisbatan kamroq, shuning uchun u suv ustida qalqiydi.
    Bu xususiyat muhimdir, chunki u koʻlmaklar, koʻllar va okeanlarni qattiq muzlashdan asraydi va hayotni muzli zamin ostida gullab-yashnashiga imkon beradi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Suv hamma narsani eritadi, chunki u “universal erituvchi”dir. Suv koʻp moddalarni eritishi mumkin, ammo “universal erituvchi” tushunchasi adashtiruvchi tushunchadir. Suv turli qutbli molekulalarni va ionlarni, masalan, shakar va tuzlarni eritishga qodir. Biroq qutbsiz molekulalardan boʻlgan yogʻlar qisman musbat yoki qisman manfiy zaryadlarga ega emas, shuning uchun ular suv molekulalariga tortilmaydi. Shu sababli yogʻga oʻxshash qutbsiz tarkibli moddalar suvga qoʻshilganda alohida boʻlib ajraladi.

Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?

Ingliz tilini tushunasizmi? Khan Academyʼning inglizcha saytida boʻlayotgan muhokamalarni koʻrish uchun shu yerga bosing.