If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Maxsus burchaklarning trigonometrik nisbatlari

45-45-90 uchburchaklarning va shuningdek, 30-60-90 uchburchaklarning sinusi, kosinusi va tangensini topishni oʻrganing.
Hozirgacha burchak sinusi, kosinusi va tangensini hisoblash uchun kalkulyatordan foydalanib kelganmiz. Muayyan burchakni topish uchun trigonometrik funksiyalarni kalkulyator yordamisiz ham hisoblashning iloji bor.
Gap shundaki, tomonlari nisbati bizga maʼlum boʻlgan ikkita maxsus uchburchak bor. Bular 45-45-90 uchburchak va 30-60-90 uchburchaklardir.

Maxsus uchburchaklar

30-60-90 uchburchaklar
30-60-90 uchburchak burchaklari 30 va 60 gradus boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchakdir.
45-45-90 uchburchaklar
45-45-90 uchburchak– bu burchaklari 45 gradus boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchak.

30 burchakning trigonometrik nisbati

Endi biz bu maxsus uchburchaklarning trigonometrik funksiyalarini hisoblashga tayyormiz. Keling, 30 dan boshlaymiz.
Quyidagi yechilgan misolni oʻrganib, bu qanday amalga oshirilganini kuzating.

sin(30) nimaga teng?

Bu – yechilgan misol:
1-qadam: Bizni qiziqtirgan burchakni oʻz ichiga oluvchi maxsus uchburchakni chizing.
2-qadam: Uchburchakning tomonlarini ushbu maxsus uchburchak nisbatlariga koʻra belgilang.
3-qadam: Trigonometrik funksiya taʼrifidan foydalanib, koʻrsatilgan ifoda qiymatini toping.
sin(30)=qarshisidagi katet gipotenuza=x2x=1x2x=12
Diqqqat qiling, x had 1x ga teng, shu bois x2x=1x2x=12 boʻlishi tushunarli.
Endi bu usuldan foydalanib cos(30) va tan(30) burchaklarni topamiz.

cos(30) nimaga teng?

tan(30) nimaga teng?

45 burchakning trigonometrik nisbati

Keling, endi ushbu jarayonni 45 bilan sinab koʻramiz. Bu safar 45-45-90 uchburchak chizib, tomonlarini belgilashdan boshlaymiz.

cos(45) nimaga teng?

sin(45) nimaga teng?

tan(45) nimaga teng?

60 burchakning trigonometrik nisbatlari

30, 45 va 60 maxsus burchaklar uchun trigonometrik funksiyani hosil qilish jarayoni bir xil.
60 burchakning trigonometrik nisbatini topishni batafsil koʻrsatmagan boʻlsak-da, bizga zarur barcha maʼlumotga egamiz!

cos(60) nimaga teng?

sin(60) nimaga teng?

tan(60) nimaga teng?

Xulosa

Biz 30, 45 va 60 burchklar uchun trigonometrik funksiyani hisoblab chiqdik. Quyidagi jadvalda erishgan natijalarimiz jamlangan.
cos(θ)sin(θ)tan(θ)
θ=30321233=13
θ=4522=1222=121
θ=6012323
Ushbu qiymatlar koʻpincha murakkab trigonometriya misollarida uchraydi. Shu sababli ularni bilish foydadan xoli emas.
Baʼzi odamlar ushbu qiymatlarni yodlashni maʼqul koʻradi, ammo yodlash shart emas. Ushbu qoʻllanmada siz qiymatlarni oʻzingiz aniqladingiz, kelajakda kerak boʻlganda ularni qayta hosil qila olasiz deb oʻylayman.